Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan bo‘lim boshlig‘i ushlandi.
Fuqaro N.Z. fuqaro R.A.ning Nukus shahridagi noturar binosi kadastr hujjatlarini tanishlari yordamida rasmiylashtirib berishi evaziga 5 million so‘mni qo‘lga kiritib, yana 1,8 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, N.Z.ning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda Kadastr agentligi Mo‘ynoq tuman bo‘limi boshlig‘i S.A. fuqaro R.A.ning noturar binosi kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga N.Z. orqali qo‘lga kiritgan 5 million so‘mni qaytarib berayotgan vaqtida ushlandi. Ushbu bino kadastr hujjatlari va 5 million so‘m ashyoviy dalil sifatida olindi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Dovud ABIBULLAEV, O‘zA muxbiri