French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘z yumib bo‘lmas illat
12:15 / 2025-12-20

Oq va qora hamisha yonma-yon yashagani kabi atrofimizda turfa insonlar yashaydi. Ammo ba’zi illatli kishilar borki, ularning qilmishiga ko‘z yumib bo‘lmaydi. Ular birovning haqqiga ko‘z olaytirganlardir.

Har bir insonda o‘ziga yarasha nuqsoni bo‘ladi. Kimdir injiq, kimdir jahldor va hokazo. Ammo bular odamning o‘ziga unchalik bog‘liq bo‘lmagan insoniy xususiyatlar. Biroq, yuqorida ta’kidlaganimiz o‘zganing moliga ko‘z tikuvchilarni esa oqlab bo‘lmaydi.

–Ba’zida do‘kondan o‘z tanishi pulidan savdo qilib, keyin indamay ketganlarga ko‘zim tushadi. Agar ayni paytda to‘lash imkoni yo‘q ekanini aytsa, tushunaman. Ammo undaylarning maqsadi aksar holda o‘sha tanishining pulini qaytarmaslik bo‘ladi, – deydi Humoyinjon Normatov.

Ko‘rinib turibdiki, bu kabi illatlar har kimning qarshisidan chiqishi mumkin. Bunga qarshi kurashish albatta oiladan boshlanmog‘i maqsadga muvofiq.

“O‘zganing moliga ko‘z tikkan o‘ziga ziyon yetkazadi”, deydi ulug‘ allomalarimizdan biri Hakim Termiziy.

Xulosa qilib aytganda, bunday noma’qulchilik bizning na milliy qadriyatimizga, na e’tiqodimizga xos emas. Bunga muqaddas kitoblarimizda ham alohida urg‘u berilgan. Bizga arzimas bo‘lib ko‘ringan bu kabi illatlar millatimizning kelgusi taraqqiyotiga to‘siq bo‘lishi mumkinligini his qilmoq lozim. Negaki, istalgan mamlakat haqida unda yashayotgan xalqlar madaniyati va ma’naviyati orqali baho beriladi. Shunday ekan, o‘zimizga va atrofimizga befarq bo‘lmaylik.

Sherbek Islomov,

O‘zA