Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kot-d`Ivuardagi baxtsiz hodisada 13 kishi halok bo‘ldi
15:32 / 2024-09-08

Mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, Kot-d`Ivuar shimolida yuk mashinasi avtobus bilan to‘qnashgan . Mazkur yo‘l-transport hodisasida 13 inson hayotdan ko‘z yumib, 45 kishi jarohat oldi.

Yo‘lovchilarni olib ketayotgan avtobus va gaz bilan to‘ldirilgan yuk mashinasi bilan to‘qnashdi, deb yozgan halokatlarni kuzatuvchi “Police Secours” platformasi.

Voqea shimoldagi ikki yirik shahar – Buake va Korogo o‘rtasidagi trassada kuzatilgan.

– Avtobus va yuk mashinasi to‘qnashuvi naijasida shiddatli yong‘in hosil bo‘ldi, – deb yozgan nashr.

Kot-d`Ivuar axborot agentligi (AIP) qurbonlar sonini tasdiqladi. Jumladan, 19 nafar yarador bola yaqin atrofdagi Katiola va Niakara shaharlari shifoxonasiga yetkazilgan.

Mamlakatda yo‘llar va transport vositalari holati juda yomonligi, shuningdek mashinani ehtiyotsizlik bilan boshqarish ortidan halokatli baxtsiz hodisalar tez-tez sodir bo‘lib turadi.

2023 yil mamlakatda ball asosidagi haydovchilik guvohnomasi joriy qilingan. Haydovchiga beriladigan 12 ball qoidabuzarlikka qarab, bosqichma-bosqich olib tashlanishi mumkin.

Hukumat qoidabuzarlarni jarimaga tortish uchun mamlakatning asosiy yo‘llariga kamera o‘rnatgan.

Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda har yili 1000 dan 1500 gacha odam yo‘l-transport hodisasida halok bo‘ladi.