Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kot-d'Ivuarda 12 nafar bola noma’lum kasallikdan nobud bo‘lgani aytilmoqda
11:04 / 2023-01-27

O‘tgan ikki oy davomida Kot-d'Ivuarning markaziy hududida kamida 12 nafar bola noma’lum xastalikdan nobud bo‘ldi, deb yozmoqda Frans Press agentligi.

Bolalar o‘limi mamlakatning ikkinchi katta shahri bo‘lgan Buakedan bir necha kilometrlik masofada joylashgan Kpo-Kaxankro qishlog‘ida kuzatilmoqda.  

"Dekabrda olti nafar, 20 yanvarda uch nafar va 26 yanvarda  yana uch nafar, jami 12 nafar bola  noma’lum kasallik qurboni bo‘ldi", - deya agentlikka ma’lum qilgan mahalliy yoshlar assotsiatsiyasi rahbari Pol Kuassi.    

Uning qo‘shimcha qilishicha, nobud bo‘lgan bolalar bir yoshdan sakkiz yoshgacha bo‘lgan. Kasallik alomatlari uyqusizlik va qayd qilish bilan kuzatilmoqda, deyiladi xabarda.