Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kot-dʻIvuar prezidenti uchinchi muddatga oʻz lavozimida qoldi
18:35 / 2020-11-03

Frans Press agentligi mamlakatning mustaqil saylov komissiyasi eʼlon qilgan maʼlumotlariga tayanib xabar berishicha, mustaqil saylov komissiyasi rahbari Kuiber-Kulibali Ibragim saylov yakunlariga koʻra, Alassan Uattara respublika prezidenti uchun boʻlib oʻtgan saylovda gʻolib boʻlganini eʼlon qilgan.


Kot-dʻIvuar prezidenti Alassan Uattara mamlakatda boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovida 94,27 foiz ovoz olib, uchinchi muddatga davlatga rahbarlik qiladigan boʻldi.

Frans Press agentligi mamlakatning mustaqil saylov komissiyasi eʼlon qilgan maʼlumotlariga tayanib xabar berishicha, mustaqil saylov komissiyasi rahbari Kuiber-Kulibali Ibragim saylov yakunlariga koʻra, Alassan Uattara respublika prezidenti uchun boʻlib oʻtgan saylovda gʻolib boʻlganini eʼlon qilgan.

Saylov komissiyasining maʼlumotiga koʻra, mustaqil nomzod Kuadio Konan Berten uchun saylovchilarning 1,99 foizi ovoz bergan. Yana ikki nomzod, avval saylovni baykot qilishga chaqirgan mamlakat sobiq prezidenti Anri Konan Bedye va sobiq bosh vazir Paskal Affi NʻGessanlar tegishlicha 1,66 foiz va 0,99 foiz ovoz olgan.

Mamlakat qonunchiligiga koʻra, saylov komissiyasi ovoz berish natijalarini uch hafta ichida Konstitutsion kengashga taqdim qilishi kerak.