Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kosovo va Serbiya mojarosi qaytalanmoqda
11:30 / 2022-08-01

31 iyul kuni o‘zini Kosovo Respublikasi, deb e’lon qilgan ob’ektda va Metoxiya aholi hududi yirik ko‘chalarida norozilik namoyishi o‘tkazildi, barrikada qurilib, o‘nlab odamlar Prishtina - Rashka asosiy yo‘lini to‘sib qo‘ydi, deb xabar berdi “Yevronyus” telekanali.

Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich xalqqa murojaat qilib, Kosovo va Metoxiyadagi vaziyat serblar uchun keskin murakkablashganini xavotir bilan aytdi. U 1 avgustdan boshlab Prishtinaning Serbiya hujjatlarini haqiqiy emas, deb topish haqidagi qaror bilan bog‘liq rejasidan ogohlantirdi.

 Kosovo Bosh vaziri Albin Kurti avvalroq mintaqada yashovchi serblar 30 sentyabrga qadar tan olinmagan davlat me’yori bo‘yicha o‘z avtomobillarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazishi zarurligi to‘g‘risida bayonot bergan edi. 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavusho‘g‘li Anqara Kosovodagi keskinlikni yumshatish uchun zarur bo‘lgan barcha ishni qilishga tayyorligini bildirdi:

 - Men dushanba kuni Serbiya va Kosovodagi hamkasblarim bilan so‘nggi voqealar haqida gaplashib oldim.  Turkiya uchun Bolqon yarim orolida tinchlik va barqarorlik doimo ustuvor masala bo‘lib kelgan. Yangi mojaro hech kimga foyda keltirmaydi. Shuning uchun Turkiya keskinlikni pasaytirish maqsadida har qanday amalni bajarishga tayyor.

 Serbiya Konstitutsiyasiga ko‘ra, Kosovo Respublikasi hududi Serbiya tarkibiga kiradi. Kosovo va Metoxiya avtonom viloyat sifatida respublikaning bir qismidir. Kosovoning, asosan, serblar istiqomat qiladigan shimoliy qismi Prishtina hukumatiga bo‘ysunmaydi. 

 Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo dunyoning 98 davlati, ya’ni janubiy-sharqiy Yevropa, Boqon yarim oroli, Islom hamkorlik tashkiloti mamlakatlari Kosovo mustaqilligini tan olgan.

O‘zA