Kosovo NATO va Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish niyatida
Kosovo Bosh vaziri Albin Kurti mamlakat NATO va YeIga a’zo bo‘lish niyatida ekanini ma’lum qildi.
Rasmiy vakil bu qarorni Atlantika kengashi seminarida oshkor qildi, deyiladi "TASS" axborotida.
Xabarda Albin Kurtining "A’zolik NATO "soyasida" doimo tinch va xavfsiz yashashimizni ta’minlashiga ishonamiz", degan so‘zlari iqtibos qilib keltirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kosovo hukumati joriy yil 12 may kuni Yevropa Kengashiga qabul qilinish uchun ariza topshirgan, so‘ngra G‘arbning Rossiya va
Belarusga qarshi sanksiyasiga qo‘shilgan.