Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kosonsoyda yangi tug‘uruq kompleksi foydalanishga topshirildi
18:00 / 2024-06-02

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov Kosonsoy tumanidagi o‘rganishlari jarayonida «Gulobod» mahallasida yangidan qurilgan tug‘uruq kompleksining ochilish marosimida qatnashdi.  

Investitsiya dasturi asosida noldan boshlab qurilgan mazkur 130 o‘rinli kompleks taqdimoti katta shodiyonaga aylandi.  

Ob’ekt qurilishiga 11 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Bu yerda tug‘ruqlarni qabul qilish, jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish, onalar va chaqaloqlar salomatligini muhofaza qilish jarayonida ilg‘or tibbiy texnologiyalardan foydalanish uchun barcha shart-sharoit yaratildi.  

Taqdimot ishtirokchilari tibbiy muassasadagi zamonaviy qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.

[gallery-17672]

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA