Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kosonsoyda yana bir muhim loyihaga tamal toshi qo‘yildi
12:57 / 2025-02-24

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Kosonsoy tumanida Xitoy Xalq Respublikasi sarmoyadorlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Infinity Frameworks” MCHJ korxonasining qiymati 100,0 mln. AQSH dollarlik turar joy kompleksi va ijtimoiy soha ob’ektlari bunyod etishga ixtisoslashgan yirik loyihasiga tamal toshi qo‘yildi.

Tadbirda Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov boshchiligida faollar, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.  

- Ushbu loyiha Kosonsoy tumani ijtimoiy-iqtisodiy hayotida juda katta ahamiyat kasb etadi. Uning natijasida tumandagi mingdan ziyod oilalar zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lgan uy-joylar bilan ta’minlanishi, albatta, barchamizni behad xursand qiladi, - dedi viloyat rahbari.

Ma’lumot uchun. Mazkur turar joy kompleksi va ijtimoiy soha ob’ektlari qurishga ixtisoslashgan loyiha uchun 9,0 gektar yer maydoni ajratilgan bo‘lib, ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda 3,5 gektar yer maydonda 9 qavatli 22 ta zamonaviy turar-joy kompleksi, 400 o‘rinli umumta’lim maktabi, 300 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi,  20 ta umumiy savdo shoxobchalari, sport inshootlari ishga tushiriladi. 

[gallery-21893]

Ikkinchi bosqichda esa, 5,5 gektar yer maydonda 200 dan ziyod  ikki sotixli namunali uylar va qo‘shimcha sport inshootlari barpo etiladi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA