Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kosonsoyda aliment to‘lovidan bo‘yin tovlagan 7 kishi qamaldi
18:26 / 2023-03-15

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlariga kelayotgan murojaatlarning aksariyatini aliment bilan bog‘liq hujjatlar tashkil etmoqda. Ayni shu dolzarb masalaga yechim topish, farzandlar moddiy ta’minoti uchun belgilangan qarzdorliklarni undirib berishda Byuroning Namangan viloyati boshqarmasi Kosonsoy tumani bo‘limida kunlik amaliy ishlar olib borilmoqda.

– Tahlillarga ko‘ra, bugungi kunda yurituvimizdagi jami 6 ming 243 ta ishning 1608 tasini aliment bilan bog‘liq hujjat tashkil etmoqda, – deydi MIB Kosonsoy tumani bo‘limi boshlig‘i Jobirxon Husanov. – Sektorlar kesimida kunlik undiruvlar tahlil etilishi yo‘lga qo‘yilgani yaxshi samara bermoqda. Jumladan, tuman prokurori mas’ul ikkinchi sektor hududidagi 14 ta mahalla fuqarolar yig‘inida 351 nafar aliment to‘lovchi mavjud. Hududga biriktirilgan davlat ijrochisi hamda tegishli tashkilotlar vakillari hamkorligida shu yilning o‘tgan davrida olib borilgan targ‘ibot tadbirlari natijasida salkam 360 million so‘m qarzdorlik undirib berildi. Ish bilan band bo‘lmagan 35 aliment to‘lovchining bandligini ta’minlashga, e’tiborlisi, targ‘ibot tadbirlari natijasida 15 ta oilani yarashtirishga erishildi.  

Taassufki, ayrim hollarda ma’suliyatini unutgan otalar farzandi moddiy ta’minotidan bo‘yin tovlab kelmoqda. Ana shunday shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligi ta’minlanmoqda. Ya’ni, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi bilan hamkorlikda bevosita mahallalarda va MIB binosida sayyor sudlar tashkil etilmoqda. Jumladan, navbatdagi o‘tkazilgan sud davomida bir necha bor ogohlantirishga qaramay aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelayotgan yetti kishiga nisbatan 15 sutkalik ma’muriy choralar qo‘llanildi. Namangan viloyatining barcha shahar va tuman MIB bo‘limlari tomonidan voyaga yetmaganlarning huquqiy manfaatlarini himoya qilish borasidagi targ‘ibot tadbirlari izchillik bilan davom ettirilmoqda.  

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA