French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kosonsoy soyi bo‘ylari zamonaviy ko‘rinish kasb etadi
15:50 / 2026-01-29

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Kosonsoy tumanida keng ko‘lamli obodonlashtirish va rekonstruksiya ishlari doirasida navbatdagi muhim loyiha amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida “Kosonsoy soyi” qirg‘oqlari 6 kilometr masofada (gidrouzeldan Chorbog‘ mahallasi o‘rta ko‘prigigacha) mustahkamlanib, betonlashtiriladi. Shuningdek, piyodalar va salomatlik yo‘laklari, yashil hududlar va velotrassalar barpo etilishi, soy o‘zanini kaskadlashtirish va aholi uchun xavfsiz ekoyo‘lak yaratish rejalashtirilgan.

Viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov loyiha taqdimoti bilan tanishib, bunyodkorlik ishlarining tuman infratuzilmasini rivojlantirish, sayyohlar va aholi uchun xavfsiz va qulay muhit yaratishdagi ahamiyatiga e’tibor qaratdi. Mas’ullarga qurilish ishlarini tasdiqlangan loyiha hujjatlari va standartlarga qat’iy rioya qilgan holda olib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

[gallery-27364]

Shuningdek, viloyat rahbari ishchi guruhi Kosonsoy tumani tarixi muzeyida bo‘lib, ma’naviy-ma’rifiy maskanni zamonaviy talablar asosida ta’mirlash, axborot texnologiyalarini joriy etish orqali tashrif buyuruvchilar uchun yanada qulay muhit yaratish muhimligini ta’kidladi.

O‘rganishlar davomida Shavkat Abdurazzoqov “Kosonsoy soyi”ning tabiiy holatini saqlab qolgan holda yashil hududlarni kengaytirish, ko‘kalamzorlashtirish va zamonaviy piyodalar hamda veloyo‘laklar barpo etish orqali mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun qulay, xavfsiz va jozibali dam olish shart-sharoitlari yaratish muhimligini qayd etdi.             

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA