Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kosonsoy motokross chempionatiga mezbonlik qildi
13:36 / 2025-06-03

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi “Savanna” mototrassasida mototsikl poygasi bo‘yicha viloyat hokimi kubogi uchun Namangan 3-Xalqaro motokross chempionati musobaqasi o‘tkazildi.       

Viloyat hamda Kosonsoy tumani hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining viloyat kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan musobaqada respublikamizning turli viloyatlari hamda qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasidan tashrif buyurgan 110 nafarga yaqin motosportchi g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Ishtirokchilar orasida yosh sportchilarning ko‘payib borayotganligi quvonarli, albatta.

Musobaqa shartlariga ko‘ra, poyga dvigatel hajmi 65, 85, 125, 250, 500, 750 sm3 bo‘lgan sport mototsikllarida olib borildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Idris Veleullayev, Elbek Azamqulov, Sergey Davltyarov, Akobir o‘g‘li Ali, Marsel Galiyev, Giorgiy Bochkaryov, Jalol Inamov, Muxtorjon Najmiddinov musobaqada g‘olib bo‘ldi.

[gallery-23732]

G‘olib sportchilar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.  

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA