English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Kosonsoy-farm” erkin iqtisodiy zonasida dori-darmon vositalarini ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilmoqda
15:30 / 2017-11-01

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil 7-8-iyul kunlari Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida Namangan tumanidagi “Merrymed Farm” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishib, farmatsevtika yo‘nalishida yangi korxonalar qurishda aholi talabini o‘rganish, hududlarda import o‘rnini bosuvchi sifatli dori vositalari ishlab chiqarishni keng yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratgan edi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil 7-8-iyul kunlari Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida Namangan tumanidagi “Merrymed Farm” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishib, farmatsevtika yo‘nalishida yangi korxonalar qurishda aholi talabini o‘rganish, hududlarda import o‘rnini bosuvchi sifatli dori vositalari ishlab chiqarishni keng yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratgan edi.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 3-maydagi “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni ham farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, mahalliy dori-darmon vositalari bozorini o‘zimizda ishlab chiqarilgan yuqori sifatli preparatlar bilan to‘ldirish, shifobaxsh o‘simliklar, ya’ni dori-darmonlar xomashyosini o‘zimizda yetishtirish istiqbollarini belgilab berdi.

Mazkur hujjatga muvofiq Namangan viloyati Kosonsoy tumanida “Kosonsoy-farm” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi. Bu yerda farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirishga yo‘naltirilgan investitsiya loyihalari asosida yuqori sifatli farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu viloyatning ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadini oshirish imkoniyatini yanada kengaytiradi.

“Kosonsoy-farm” erkin iqtisodiy zonasida dori-darmon vositalarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish uchun 32 gektar hamda dorivor o‘simliklarni yetishtirish plantatsiyalari uchun 100 gektar yer maydoni ajratildi.

– Hozir zona hududida transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ishlab chiqarish infratuzilmalarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda, – deydi “Kosonsoy-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi rahbari Yu.Muborakov. – Tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan bir me’yorda ta’minlash maqsadida 3 kilometr masofadan gaz va elektr tarmog‘ini tortish, transformatorni yangilash ishlari yakunlandi. Bu ishlarga 1 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi. 2019 yilgacha mavjud suv qudug‘ini rekonstruksiya qilish, yangi quduq qazish, bir kilometrdan ziyod ichimlik suvi hamda 2,5 kilometr oqova suv, 10 kilometrdan ziyod optik tolali aloqa tarmog‘ini tortish, kelgusi yilda 3 kilometr yo‘lni ta’mirlash va qurish kabi 2 milliard so‘mlikdan ortiq bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

“Kosonsoy-farm” erkin iqtisodiy zonasida amalga oshirish uchun taqdim etilgan loyihalardan 22,3 million dollarlik yettitasi ustida ish olib borilmoqda. Jumladan, 2019-yil “Kasansay Biopharm” xorijiy korxonasi (Hindiston) tomonidan dori vositalari uchun xomashyo, “Med diagnoz farm” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tibbiy uskunalar, tibbiy laboratoriya diagnostikumlari ishlab chiqarish, dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash, “Davo” xususiy korxonasida tibbiyot qo‘lqopi, tibbiyotda foydalaniladigan paxta hamda dorivor vositalarni quritish loyihalarini ishga tushirish rejalashtirilgan. Shuningdek, 2019 yilning birinchi choragida “Salomatlik Diyor Kelajak sari” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 2018-2021-yillarga mo‘ljallangan analgin, dimedrol, paratsetamol, diazolin, V12 vitamini, riboksin kabi 60 dan ortiq turdagi dori vositalari ishlab chiqarish bo‘yicha uch bosqichli loyihaning birinchi bosqichi, “Tad med farm” mas’uliyati cheklangan jamiyatining 2018-2020-yillarda 120 turdagi dori vositalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish loyihasi dastlabki bosqichlari ham ishga tushiriladi.

Bugungi kunda bino-inshootlarida qurilish-montaj ishlari 70 foizga bajarilgan “Spring Farmatsevtik” mas’uliyati cheklangan jamiyati yangi yildan 100 turdagi dori vositasini ishlab chiqara boshlaydi. Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi bilan 500 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi.

“Kosonsoy-farm” erkin iqtisodiy zonasi nafaqat viloyat yoki mamlakatimiz miqyosida, balki jahon farmatsevtika sanoatida o‘z mavqeiga ega, davlatimiz iqtisodiyotini yuksaltirish, xalqimiz hayot farovonligini yanada oshirishga xizmat qiladigan muhim iqtisodiy tayanch nuqtalaridan biri bo‘ladi.