Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kosonda paxta xomashyosi to‘liq qayta ishlanmoqda
12:52 / 2023-03-25

Qashqadaryo viloyati Koson tumani hokimligi tashabbusi bilan jurnalist va blogerlar uchun tumandagi ishlab chiqarish korxonalariga press-tur tashkil etildi.

Tadbir davomida tumandagi “Bunyodkor” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishildi. Dastlab shu yerda tuman hokimi Asrol Boyqorayev ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tuman rahbarining ta’kidlashicha, bugungi kunda tumanda yiliga 68 ming tonnaga yaqin paxta xomashyosi yetishtirilmoqda va hududda tashkil qilingan klaster korxonalari yordamida yetishtirilgan paxtani to‘liq qayta ishlashga erishilmoqda hamda eksportga yo‘naltirilmoqda.  

Mana shunday klaster korxonalaridan biri hisoblangan “Bunyodkor” tekstil klaster korxonasidir. 2018 yilda tumanda faoliyat boshlagan korxonada bosqichma-bosqich ya’ni tikuvchilik, ip-kalava, mato va yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalari bugungi kunga qadar amaliyotga joriy qilindi. Masalan, tayyor tikuv trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilish loyihasi doirasida 1 gektar, ishlab chiqarish maydoni 816 kvadrat metr bo‘lgan qiymati 20,8 milliard so‘mlik loyiha amalga oshirilgan. Turkiya, Italiya davlatlaridan keltirilgan uskuna va jihozlar yiliga 6 million dona tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatini bermoqda. Birgina shu loyihaning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida 320 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Keyingi bosqichda korxona a’zolari ip-kalava ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirgan. Germaniya davlatidan keltirilgan uskuna va jihozlar yordamida yiliga 8 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarilmoqda. Ushbu yo‘nalishda ham 370 ta ish o‘rni yaratilgan. Shuningdek, ishtirokchilar korxonaning mato ishlab chiqarish sexi faoliyati bilan ham tanishdi.  

[gallery-11131]

Mas’ullarning ta’kidlashicha, ushbu sexda o‘rnatilgan uskuna va jihozlar Germaniya davlatidan keltirilgan bo‘lib, yiliga 3 ming 900 tonna mato ishlab chiqarish quvvatiga ega. Ayni paytda ushbu sexda 200 nafar ishchi-xodim mehnat qilmoqda. Bundan tashqari, korxonada yog‘-moy ishlab chiqarish loyihasi ham amaliyotga tatbiq etilgan va mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Korxona a’zolarining ta’kidlashicha, endigi maqsad matoni bo‘yash loyihasini yo‘lga qo‘yish va buning uchun amaliy sa’y-harakatlar boshlangan. Keyingi yilning birinchi choragi bilan ushbu loyiha ham amalga oshiriladi.  

Shundan so‘ng press-tur ishtirokchilari Navro‘z bayrami munosabati bilan tumanda tashkil etilgan bayram saylida ishtirok etdi. El suygan taniqli san’atkorlarning chiqishlari barcha shodumonlik bag‘ishladi.  

O‘lmas Barotov,

Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA.