Kosonda “Chorvadorlar amaliy-o‘quv markazi” tashkil qilinadi
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashuvi davom etmoqda.
–Azal-azaldan Qashqadaryo “chorvadorlar yurti” bo‘lib kelgan. Shu bois, Kasbi, Mirishkor, Nishon va Kosonda klaster tizimi asosida 1 ming boshdan kam bo‘lmagan yirik chorvachilik komplekslari tashkil qilinadi.
Shuningdek, ushbu tumanlarda 40 ming gektar maydonlar chorva ozuqasini yetishtirish uchun ajratiladi. Kosonda “Chorvadorlar amaliy-o‘quv markazi” tashkil qilinadi.
Markaz, yirik chorva komplekslari bilan birga, aholi xonadonlaridagi chorva naslini yaxshilashga ham ko‘maklashadi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
O‘zA