Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koson tumanida suv saqlash va uzatish inshooti qurib bitkazildi
12:17 / 2026-01-20

Bu haqda “Qashqadaryo suv ta’minoti” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 maydagi tegishli  qaroriga asosan Qashqadaryo viloyatining Koson va Muborak tumanlarida aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash belgilangan. 

Mazkur qaror ijrosi doirasida Koson tumanida 2 ta 5 000 m3 sig‘imli rezervuar, suvni zararsizlantirish majmuasi hamda ma’muriy bino qurib bitkazildi.

Ochilish marosimida “O‘zsuvta’minot”AJ raisi A.Suvonqulov va boshqalar ishtirok etib, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlar haqida qayd etib o‘tdi. 

Tadbir doirasida “Qashqadaryo suv ta’minoti” AJ avtoxo‘jaligiga qabul qilingan 21 ta maxsus texnikalar haydovchilarga tantanali ravishda topshirildi.

Mas’ullarning ta’kidlashicha, qarorga asosan bugungi kunga qadar Saudiya taraqqiyot va OPEK jamg‘armalarining 42 million dollar mablag‘i hisobidan suv ta’minotini yaxshilash loyihasi doirasida birinchi bosqichda Kitob tumanidan Koson va Muborak tuman markazlariga keluvchi tarmoqlar modernizatsiya qilindi. Jami 309,4 kilometr tarmoq tortildi, 2 ta suv hovuzi rekonstruksiya qilindi va loyiha boshlangandan beri 31,8 million AQSH dollari mablag‘ o‘zlashtirildi. Loyiha doirasidagi ishlar davom etmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, mazkur loyihaning to‘liq amaliyotga tatbiq etilishi natijasida viloyatning Koson va Muborak tumanlaridagi 39 ta mahalladagi 152 ming nafardan ortiq aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi. 

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri