Dunyo olimlari kosmonavtikaning asl vatani O‘zbekiston ekanini allaqachon tan olgan.
1957-yilda ilk bor sun’iy yo‘ldosh yerning gravitatsion yo‘ldoshini tark etdi. Mana shu buyuk kashfiyotda Ibn Sinoning hissasi bor. Chunki kosmik kemaning ishlash prinsipi impuls saqlanish qonuniga asoslangan. Demak, kosmosga chiqayotgan har bitta kosmik kemada Ab-u Ali Ibn Sinoning, kosmik kemalarning ichida ishlayotgan har uskunaning ishlash prinsipida Al-Xorazmiyning g‘oyasi yotibdi.
Bir paytlar Vladimir Jonibekov, Solijon Sharipov kabi o‘zbek yigitlari kosmosga chiqqanini eslaylik. Bugun ularning izdoshlarini tarbiyalash, kosmonavtika sohasini rivojlantirish maqsadida yurtimizda sa’y-harakatlar boshlangan.
Kosmonavtikani rivojlantirish maqsadida «O‘zbekkosmos» agentligi tuzilgan.
Agentlik xodimlari Toshkent shahar «Planetariy»si bilan hamkorlikda forum tashkil qildi.
Forumni tashkil etishdan asosiy maqsad – kosmonavtika sohasida yoshlar, talabalar hamda maktab o‘quvchilarining bilim saviyasi va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat. Dastlab «Planetariy» binosida «Astranomiyaning buyuk asoschilari» nomli ko‘rgazmali burchakning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning asosiy qismida NASA astronavti va Xalqaro kosmik stansiya qo‘mondoni sifatida 40-yildan ortiq aviatsiya va kosmik tajribaga ega bo‘lgan Maykl Lopes-Alegriya bilan «Yulduzli suhbat: astronavt bilan kosmik sarguzashtlar» mavzusida Zoom platformasi orqali uchrashuv tashkil etildi.
Maykl Lopez-Alegria AQSH harbiy-dengiz floti va NASAda turli lavozimlarda ishlagan va juda katta kosmik tajribaga ega. Shuningdek, eng ko‘p kosmik sayohatlar yoki «kosmik yurishlar» va kosmosda yurish vaqti bo‘yicha NASA rekordini qo‘lga kiritgan.
Uchrashuvda Prezident maktabi o‘quvchilari, M.Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Vestminster va Alfraganus universiteti talabalari qatnashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Forum davomida "Planetariy" binosida «O‘zbekkosmos» agentligi tomonidan kosmik suratlar ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tdi. Tadbir qatnashchilari u yerda kosmosdan olingan turli eksklyuziv tasvirlarni ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi. Shuningdek, Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi o‘quvchi-yoshlari o‘z ijodlarini namoyish etdi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/kSzk2ggJj0w?si=WVD4vU_CZvWdZpmm" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
N.Rahmonova, A.Sodiqov, U.To‘xtayev (video), O‘zA