Kosmik chiqindilar bilan to‘qnashuvning oldi olindi
Rossiyaning “Progress MS-22” yuk kemasi Xalqaro kosmik stansiya – XKS kosmik chiqindilari bilan to‘qnashib ketishning oldi olindi, deya xabar berdi “Roskosmos”.
– "Roskosmos" davlat korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi – Markaziy mashinasozlik ilmiy-tadqiqot instituti missiyani boshqarish markazi ma’lumotiga ko‘ra, Moskvada soat 05:03 da XKS Rossiya segmenti – “Zvezda” xizmat moduliga tutashtirilgan kosmik kemaning dvigatellari yoqilgan, – deyiladi davlat korporatsiyasi matbuot xizmati axborotida.
“Interfaks” ochiqlashicha, amalga oshirilgan harakat natijasida stansiya orbitasining o‘rtacha balandligi 0,5 kilometrga oshib, 416,4 kilometrni tashkil qilgan.
O‘zA