Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korxonaning istiqbolli loyihalari
22:30 / 2018-06-06

Farg‘ona tumanidagi “Mindonobod agrosanoat” mas’uliyati cheklangan jamiyati uzumchilikka ixtisoslashgan. Ayni paytda bu yerda uzum yetishtirishni ko‘paytirish, qayta ishlash, mahsulotni eksport qilish bo‘yicha istiqbolli loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.

Farg‘ona tumanidagi “Mindonobod agrosanoat” mas’uliyati cheklangan jamiyati uzumchilikka ixtisoslashgan. Ayni paytda bu yerda uzum yetishtirishni ko‘paytirish, qayta ishlash, mahsulotni eksport qilish bo‘yicha istiqbolli loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.

– Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan uzum yetishtirish hajmini oshirish maqsadida mavjud tokzorlar ming gektarga yetkazilmoqda, – deydi korxona rahbari Mo‘minjon Mamadaliyev. – Qayta ishlash tarmog‘iga Italiya va Bolgariyadan energiya tejamkor texnologiyalar – qayta ishlash, sovutish, qadoqlash va saqlash uskunalari keltirilib, ishga tushirildi.

Mahsulotimizni eksport qilish bo‘yicha Xitoy va Rossiya davlatlari bilan hamkorlik kelishuvi o‘rnatildi. Istiqbolli loyihalardan yana biri uzumchilikda innovatsion texnologiya – quyosh energiyasida ishlaydigan tomchilatib sug‘orish tizimi amaliyotga joriy etildi.

17.JPG

24.JPG

Ayni kunlarda uzumzor hududida muhtasham mehmonxona, vinobar, cho‘milish havzasi, noyob manzarali daraxtlar hiyobonini tashkil etish ishlari yakuniga yetkazilayotir. Agroturizm rivojiga xizmat qiluvchi ushbu obyektga tashrif buyuruvchi xorijiy mehmonlar va mahalliy sayyohlar viloyat tarixi, vinochilik sohasiga oid ma’lumotlarga ega bo‘lishi, vino xo‘jaligi bo‘ylab ekskursiya qilishi, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishishi hamda tabiiy yetishtirilayotgan uzum va boshqa turdagi mevalarni terib, iste’mol qilishi mumkin.