FOTOREPORTAJ
To‘raqo‘rg‘on tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Runamtex” xorijiy korxonasida turli o‘lchamdagi choyshab, sochiq va boshqa trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Ishlab chiqarish quvvati besh million dollar bo‘lgan korxona korxona joriy yil 14 mart holatiga bir million bir yuz ming AQSH dollarlik mahsulotni xorijga eksport qilishga erishdi.
Ayni paytda bu yerda 250 nafar xotin-qiz mehnat qilmoqda.
– Isfaxon mahallasida joylashgan korxonamizda asosan hudud aholisi ish bilan ta’minlangan, - deydi korxona ijrochi direktori Mahfuza Gumush.
– Shuningdek, qo‘shni Baxt va Oqtosh mahallalaridan ham kelib ishlashadi. O‘rtacha maosh 2 million so‘mni tashkil etmoqda. Ayni paytda Oqtoshda “Yoshlar” kichik sanoat zonasida yangi loyihamizni ishga tushirmoqdamiz. Bu esa yana 500 nafar xotin-qizni ish bilan ta’minlash imkonini beradi.
[gallery-6272]
Hotam MAMADALIEV (surat),O‘zA