Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korxonaning xaridorgir gazlamalari
11:37 / 2016-01-15

Mahalliylashtirish dasturining hayotga keng tatbiq etilayotgani korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Mahalliylashtirish dasturining hayotga keng tatbiq etilayotgani korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi "Orange Textile" korxonasi mahalliylashtirish dasturi doirasida zamonaviy to‘qimachilik uskunalari bilan jihozlandi. 2008-yilda faoliyat boshlagan korxonada ayni paytda o‘ndan ziyod turdagi gazlamalar ishlab chiqarilmoqda.

Bu jarayonda bankdan olingan kreditlarning o‘rni salmoqli bo‘layotir. O‘tgan yili to‘qish, matoga rang berishni yanada takomillashtirish maqsadida 4 milliard so‘mlik bank krediti jalb etildi. Natijada ishlab chiqarish hajmi yanada oshdi.

– Mahsulotlarimizga talab ortib borayotir, – deydi korxona rahbari Shahzod Mavlonov. – Bu korxonamiz eksport salohiyatini oshirish imkonini bermoqda. Xususan, 2015-yilda xorijga 300 ming dollarlik mahsulot eksport qildik.

Korxonada ishchilar uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Zamonaviy texnologiyalarni boshqarayotgan 80 ishchining aksariyati yoshlar.

– Zangiota maishiy xizmat va tadbirkorlik kasb-hunar kollejida o‘qigan davrimda amaliyotni ushbu korxonada o‘tagandim, – deydi Islom Obidov. – Hozir texnologiyalarni nazorat qiluvchi operator vazifasida ishlayapman. Kollejda ham o‘qib, ham hunar o‘rganganim hayotda o‘z samarasini bermoqda.