English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korxonaning texnik tartibga solish va sertifikatlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi
13:06 / 2026-03-06

Samarqand viloyatida joylashgan “Golden Cake” MCHJ faoliyati bilan tanishish maqsadida Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i Azamat Abdurahmonov ushbu korxonada amaliy tashrif bilan bo‘ldi.

Tashrif davomida korxonada texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, sohada mavjud muammolar va korxona tomonidan ilgari surilgan takliflar muhokama qilindi.

O‘rganishlar jarayonida “Golden Cake” MCHJda ishlab chiqarilayotgan bo‘yalgan mato mahsulotlarining eksport salohiyatini yanada oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, korxonada OEKO-TEX, Sedex, BSCI va ISO 9001 kabi xalqaro sertifikatlarni joriy etish orqali mahsulotlarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini kuchaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, mutaxassislar tomonidan korxonaga amaliy yordam ko‘rsatilib, ishlab chiqarish jarayonidagi mavjud muammolar aniqlandi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Tashrif davomida ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy laboratoriyalar imkoniyatlari, mahsulot sifati nazorati va ichki hamda tashqi bozorlarda raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ham muhokama qilindi.

Bundan tashqari, korxona mas’ul xodimlariga texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalarida so‘nggi yillarda qabul qilingan qonun hujjatlari, hukumat qarorlari hamda texnik reglamentlar talablari yuzasidan tushunchalar berildi.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, mazkur yangiliklar korxonalarning xalqaro standartlarga muvofiq faoliyat yuritishiga, shuningdek eksport geografiyasini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Hamroz Bayonov, O‘zA