Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korxonaning sifatli penoplast mahsulotlari
14:51 / 2025-07-26

FOTOREPORTAJ

Hayotga tatbiq etilayotgan islohotlar natijasida o‘z biznesini yo‘lga qo‘yib, nafaqat oilasi, balki mahallasi va el-yurt farovonligiga munosib hissasini qo‘shayotgan tadbirkorlar safi tobora ortmoqda. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanidagi «Gold sendvich» mas’uliyati cheklangan jamiyatining tashkil etilganiga hali ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Asosan penoplast qurilish mahsulotini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonada jami besh nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlangan. So‘nggi paytlarda sanoat va ishlab chiqarishga moslashgan ob’ektlarda, shuningdek, aholi orasida penoplast mahsulotiga bo‘lgan talabning ortib borayotgani korxona faoliyati rivojiga ham ta’sir o‘tkazmoqda. 

[gallery-24487]

– Ushbu qurilish mahsuloti bilan uyning tashqi qismi qoplansa, qishda issiq, yozda salqin bo‘ladi, - deydi korxona ishchisi Islom Boyniyozov. – Bundan tashqari, penoplast mahsuloti zamonaviy eshiklarni ishlab chiqarishda ham keng foydalanilyapti. Shu sababli mahsulotlarimizga buyurtmalar juda ko‘paygan. 

Korxonaga asosiy xomashyo xorijdan keltirilib, shu yerda maxsus uskunalar yordamida tayyor mahsulot holatiga keltiriladi. Hozirgi kunda tayyor mahsulotlar ichki bozorga chiqarilayotgan bo‘lsa, kelgusida ish hajmini kengaytirish orqali tashqi bozorga ham eksport qilish rejalashtirilgan. 

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA