Korxonaning eksport salohiyati oshmoqda
FOTOREPORTAJ
Yangi Namangan tumanidagi “Abdurahmon tekstil” korxonasi 2018-yilda tashkil etilgan.
Korxona 2024-yilda Rossiyaga 120 ming AQSH dollarilik mahsulot eksport qilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkichni 300 ming dollarga yetkazish maqsad qilingan. Hozirda bu yerda 50 nafar ishchi mehnat qiladi. Ularning katta qismi yoshlar va xotin-qizlardan iborat.



Shuningdek, korxonada yangi loyiha ustida ish olib borilmoqda. Unga muvofiq, yangi ishlab chiqarish binosini qurish, qo‘shimcha 30 ta ish o‘rni yaratish hamda ishlab chiqarish va eksport hajmini kengaytirish rejalashtirilgan.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA