Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korxonaning eksport ko‘rsatkichi 450 ming dollardan oshdi
18:32 / 2026-02-25

FOTOREPORTAJ

Yangi Namangan tumanining Mingchinor mahallasida faoliyat yuritayotgan “Super xazina” MCHJda ishlab chiqarish hajmini oshirish va eksport salohiyatini kengaytirish choralari ko‘rilmoqda.  

2018-yilda tashkil etilgan korxonada hozirgi kunda 15 nafar kishi mehnat qilmoqda. Bu yerda 25 turdagi konserva mahsulotlari ishlab chiqariladi. 2024-yilda mahsulotlar Rossiya, Qozog‘iston va Janubiy Koreya davlatlariga eksport qilinib, umumiy eksport hajmi 125 ming AQSH dollarini tashkil etdi. 2025-yilda ushbu ko‘rsatkich 450 ming dollardan oshdi. Joriy yilda esa eksport hajmini 600 ming dollarga yetkazish ko‘zlangan.

[gallery-27864]

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA