Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korxonani rivojlantirish strategiyasi
18:08 / 2023-03-15

“Navoiyuran” davlat korxonasida korxona Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi AQSHlik Kim Kevin Gvangil bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

bugungi kunda korxonada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 iyuldagi “2022 - 2030 yillarda “Navoiyuran” davlat korxonasida uranni qazib olish, qayta ishlash hajmlarini oshirish hamda uni transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorida belgilangan vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.  

Muloqotda dastlab korxona rahbari Jahongir Hasanov mamlakatimizda uran sanoati tarixi, korxona tarkibiy bo‘linmalari, geotexnologik konlar va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, korxona transformatsiyasi jarayonlari, zamonaviy korporativ boshqaruv tizimi, “Yo‘l xaritasi” bandlarining bajarilishi yuzasidan ma’lumot berdi.  

O‘z navbatida Kim Kevin Gvangil ham O‘zbekistonga ilk tashrifi orqali katta taassurot olgani, korxona faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lgani va bugungi uchrashuvdan mamnunligini bildirdi. Korxona transformatsiyasi hamda rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.  

A.Bo‘riyev, O‘zA