Korxonalarda xodimlarni boshqarishning uslubiy jihatlari
Gulnozaxon Qahramon qizi MO‘YDINOVA doktorant Farg‘ona politexnika instituti Farg‘ona, O‘zbekiston
Annotatsiya
Ushbu maqolada xodimlarni boshqarish konsepsiyasi tushunchasining mohiyati ochib berilgan. Ayni paytda olimlarning xodimlarni boshqarishga yondashuvlari yoritilgan va umumiy xulosalar chiqarilgan. Maktablar xodimlarini boshqarish jarayonida erishilgan yutuqlarning mualliflik ta’riflari keltirilgan. Korxonalarda xodimlarni boshqarishning uslubiy ahamiyati ta’kidlangan.
Tayanch so‘zlar: xodimlarni boshqarish, faoliyatni boshqarish, innovatsiyalar, yetakchilik, raqamlashtirish, kadrlar, xodimlar, innovatsion strategiya, strategik boshqaruv, korxonaning strategiyasi.