Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korxonalar yana bittaga ko‘paydi
12:28 / 2014-08-11

Navoiy viloyati Xatirchi tumanida “Xatirchi pilla xazinasi” xususiy korxonasi ish boshladi. Yiliga 60-65 tonna pillani qayta ishlash quvvatiga ega korxona zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan.


Navoiy viloyati Xatirchi tumanida “Xatirchi pilla xazinasi” xususiy korxonasi ish boshladi. Yiliga 60-65 tonna pillani qayta ishlash quvvatiga ega korxona zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan.


Prezidentimiz rahnamoligida yengil sanoatni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar joylarda qayta ishlash korxonalarini ko‘paytirish bilan birga, aholining bandligini ta’minlashda ham muhim omil bo‘lib xizmat qilayotir. Mazkur korxona ham viloyatda ushbu soha rivoji yo‘lidagi istiqbolli loyihalardan biri.

– Qariyb 95 ming AQSh dollari qiymatidagi zamonaviy dastgohlar bilan jihozlangan korxonada sanoatbop quruq pilladan sifatli ipak tolasi tayyorlanmoqda, – deydi korxona rahbari Uchqun Mamanov. – 20 nafardan ziyod kishi ishlayotgan mehnat jamoasining aksariyati Xatirchi yengil sanoat kasb-hunar kolleji bitiruvchilaridir.

Ayni paytda asosan ichki bozorga mahsulot chiqarayotgan korxonada yil yakuniga qadar qariyb 30 ming dollarlik mahsulotni eksport qilish rejalashtirilmoqda.