Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korxonalar reytingi oshmoqda
14:49 / 2024-07-16

Buxoro shahridagi to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan “EVER WHITE GROUP” korxonasi barqarorlik reytingining yuqori “A” toifasiga kiruvchi tadbirkorlik sub’ektlaridan biriga aylandi.

Bunga viloyat soliq boshqarmasining “korxonabay” ishlash asosida biriktirilgan xodimlarining soliq to‘lovchilar bilan yaqindan hamkorligi hamda shu orqali ulardagi kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlari ijobiy samara berdi.

Ushbu tadbirkorlik sub’ektiga biriktirilgan xodimlarning korxona rahbari hamda hisobchisi bilan navbatdagi uchrashuvi aynan shu mavzuda bo‘ldi. Negaki, ular avvalgi uchrashuvlarda soliq imtiyozlari va preferensiyalardan foydalanmoqchiligini bildirgan edi. Shu bois soliq xodimlari ularga barqarorlik reyting darajasini (“AAA” 100 ball) yanada yaxshilash yuzasidan kerakli maslahatlarini berdi. Ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi “Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot universiteti” mas’uliyati cheklangan jamiyati ham bir qator yengilliklardan foydalanmoqchi.  

Soliq boshqarmasi xodimlarining mazkur tadbirkorlik sub’ekti vakillari bilan uchrashuvida dastlab ularga subsidiya, imtiyoz va preferensiyalar ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda berilishi tushuntirildi. Shundan so‘ng, ularning ayrim kamchiliklari ko‘rsatib o‘tilgan holda barqarorlik reytingida o‘rta, qoniqarli hamda quyi toifalardan yuqori toifaga erishish mezonlari aniq misollar bilan ko‘rsatib o‘tildi.  

Viloyatda soliq xizmati xodimlarining “Soliqchi tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlarga barqarorlik reytingini oshirishda yaqindan yordam berayotganliklari natijasida hududdagi 300 dan ortiq korxonalar yuridik shaxslar reytingida yuqori toifani egalladi. Xuddi shunday, qoniqarli va quyi toifada bo‘lgan 6 mingdan ortiq korxonalar o‘rta toifaga ko‘tarildi.  

Zarif Komilov,  

O‘zA muxbiri