Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korxonalar faoliyati o‘rganildi
20:20 / 2025-09-25

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi rahbariyati tomonidan Nukus shahrida radiator ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi korxona “Osten Technologies” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati yaqindan o‘rganildi.

Korxona Italiya, Turkiya va Xitoy davlatlaridan keltirilgan zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlangan bo‘lib, mahalliy bozorni sifatli mahsulot bilan ta’minlash hamda eksport hajmini oshirish imkoniyatini beradi. Mazkur korxona yiliga 900 ming dona radiator ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, 300 ta yangi ish o‘rni yaratishga mo‘ljallangan.

Shu bilan birga, bojxona xodimlari Kegeyli tumanida joylashgan qo‘shma korxonada ham bo‘lishdi. Ushbu korxona noyob o‘simliklar sirasiga kiruvchi qizilmiya ildizidan tibbiyot va kosmetologiyada keng foydalaniladigan qizilmiya ekstraktini ishlab chiqarib kelmoqda. Bugungi kunda ushbu korxona 200 nafar mahalliy aholini ish bilan ta’minlagan bo‘lib, ayni kunda Koreya, Tayvan, Fransiya, Xitoy kabi davlatlarga 6 million 638 ming AQSH dollari qiymatidagi 2631 tonna boychechak ekstrakti mahsulotini eksport qilishga muvaffaq bo‘lgan.

Uchrashuv davomida korxona vakillariga yangi qulaylik sifatida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 2 sentyabrdagi “Tovarlarni bojxona hududida qayta ishlashni yanada soddalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori tartib tamoyillari, "Bojxona hududida qayta ishlash" afzalliklari hamda chetdan olib kelingan butlovchi qismlar va xomashyolarni bojxona to‘lovisiz olib kirishlariga imkoniyat yaratilganligi, ushbu tovarlarni qayta ishlab, tayyor mahsulot sifatida bozorga chiqarish, yoki eksport hajmini oshirish mumkinligi haqida targ‘ibot ishlari olib borildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri