English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korxonada ishchilar soni 460 nafarga yetkaziladi
14:06 / 2025-12-03

FOTOREPORTAJ

Nukus shahrida joriy yil faoliyat boshlagan “NUKUS SSP TEXNOPARK” mas’uliyati cheklangan jamiyati istiqbolli loyihalardan.

Korxonaga “O‘zmilliybank”ning 28,5 milion yevro miqdoridagi imtiyozli krediti evaziga Yaponiya, Germaniya, Shvetsariya va Turkiya davlatlaridan ip va kalava tayyorlanadigan zamonaviy texnologiyalari olib kelingan. Hozirda yangi korxona test rejimida ishlamoqda. Bu yerda 1 sutkada 150 nafarga yaqin kishi mehnat qilmoqda.  Korxona to‘liq quvvat bilan ishlay boshlagach, ishchilarning soni 460 nafarga yetkaziladi.  

[gallery-26518]

Ayni paytda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning asosiy qismi ichki bozorda sotilmoqda. Shuningdek, Rossiya va Belarus davlatlari bilan tuzilgan shartnoma asosida dastlabki mahsulotlar eksport qilindi.  Kelgusida korxona yanada kengaytirilib ip-kalavadan  tayyor gazlama, ya’ni mato ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA