Korxonada elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan – "O‘zenergoinspeksiya”
Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida “F.A.” MCHJga qarashli “Ko‘makay” MFY hududidagi ovqatlanish shoxobchasida elektr energiyasidan o‘g‘rincha ishlatilib kelingan.
O‘tkazilgan nazorat tadbirida bu holat fosh etilganini "O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mazkur shoxobchada hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulanilgani aniqlangan.
Ushbu qoidabuzarlik tufayli 403,7 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo‘ldi.
Ayni chog‘da mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
N.Ziyodullayeva tayyorladi,
O‘zA