French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korxonada 480 nafar kishi bandligi ta’minlangan
18:30 / 2020-11-27

Shumanay tumanidagi “Shomanay eco teks” mas’uliyati cheklangan jamiyati joriy yilning mart oyida faoliyat boshlagan.

Mazkur loyihaning umumiy qiymati 21 million AQSH dollarni tashkil etgan bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoniga Shveysariyaning “Rieter”, “Uster”, Yaponiyaning “Murata”, Turkiyaning “Temsan” firmalarining zamonaviy texnologiyalari tatbiq etilgan.

[gallery-195]

Korxonada 480 kishi doimiy ish bilan band. Ularning aksariyati xotin-qizlardan iborat. Hozirga qadar ular tayyorlangan 4500 tonna kalava ip Pokiston, Xitoy, Turkiya davlatlariga eksport qilindi.

– Qo‘ng‘irot kimyo-texnologiya kasb-hunar kollejini 2013 yilda tugatganman, - deydi tumanning “Dehqonobod” ovul fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi Saltanat Bekniyozova. – Anchadan buyon ishsiz edim. Hududimizda mazkur korxona ochilgach, men ham ishli bo‘ldim. Hozirda o‘z mutaxassisligim bo‘yicha ishlab, zamonaviy uskunalarni boshqaryapman.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA