French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korxona va tashkilotlarning suv uchun to‘lov tizimiga o‘zgartirish kiritiladi
15:57 / 2019-11-13

Suv yetkazib berish xarajatlarini qoplash maqsadida iste’molchilardan kelib tushgan mablag‘lar suv xo‘jaligi tashkiloti tomonidan quyidagicha taqsimlanadi:


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi “Fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov g‘olibini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qaror loyihasi joylashtirildi.

Loyihada belgilanishicha, Qishloq xo‘jaligi korxonalari sug‘oriladigan ekin maydoni o‘lchamiga qarab bir yilda ikki marta: 1 iyul sanasigacha 50 foizini, 20 dekabr sanasigacha qolgan 50 foizini; sanoat va energetika tashkilotlari har oy davomida yetkazib berilgan texnik suv uchun to‘lovlarni keyingi oyning 5-sanasiga qadar suv xo‘jaligi tashkilotlarining Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkazib beradi.

Suv yetkazib berish xarajatlarini qoplash maqsadida iste’molchilardan kelib tushgan mablag‘lar suv xo‘jaligi tashkiloti tomonidan quyidagicha taqsimlanadi:

90 foizi – besh ish kuni mobaynida Vazirlik huzuridagi Suv xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazib beriladi;

10 foizi – suv xo‘jaligi tashkilotlarining ixtiyorida qoldiriladi.