Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korxona mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
15:41 / 2023-03-01

Buxoro viloyati huquq tartibot idoralari tomonidan qish mavsumida aholini elektr energiyasi, tabiiy gaz hamda ko‘mir bilan uzluksiz ta’minlash, har qanday ko‘rinishdagi suiiste’molchiliklar va qonunbuzilish holatlarini oldini olishga qaratilgan choralar ko‘rilmoqda.

Joriy yilning 10 fevral kuni “Hududgaz Buxoro” GTF hamda metrologiya xizmati mutaxassislari hamkorligida mavjud ma’lumotlar asosida viloyatdagi ayrim AGQKSH (avtomobillarga gaz quyish kompressor shoxobcha)larda o‘rganishlar olib borildi. O‘rganishlar davomida “Solixov Olimjon Fazliddinovich” xususiy korxonasiga qarashli 3 ta AGQKSH larda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida davlat manfaatlariga jami 11 milliard 847 million 744 ming so‘m zarar yetkazilgan. Natijada tabiiy gaz yashirin ravishda talon-taroj qilingan.  

Aniqlanishicha, korxonaning AGQKSH (avtomobillarga gaz quyish kompressor shoxobcha) filialida 2 dona “KWANGSHIN GEO-350” rusumli kompressor o‘rnatilgan. Bu kompressorning soatlik gaz sarfi (1000m3 soat x2 dona) 2000 m3 ni tashkil etib, uning oqibatida 2022 yilning 1 noyabr kunidan 2023 yil 10 fevral kuniga qadar bo‘lgan davrda 3 milliard 493 million 218 ming so‘mlik tabiiy gaz yashirin ravishda talon-taroj qilingan.

Shuningdek, korxonaning AGQKSH (avtomobillarga gaz quyish kompressor shoxobcha) filialida 2 dona “SICHUAN ZW-4.36/3-250” rusumli kompressor o‘rnatilgan. Bu kompressorning soatlik gaz sarfi (1000m3 soat x2 dona) 2000 m3 tashkil etadi. Buning natijasida 2022 yilning 10 sentyabr kunidan 2023 yil 10 fevral kuniga qadar bo‘lgan davrda 5 milliard 774 ming 443 so‘mlik tabiiy gaz yashirin ravishda talon-taroj qilingan.  

Bundan tashqari, korxonaga qarashli yana bir AGQKSH (avtomobillarga gaz quyish kompressor shoxobcha) filialida 2 dona “SICHUAN ZW-4.36/3-250” rusumli kompressor o‘rnatilgan. Bu kompressorning soatlik gaz sarfi (1000m3 soat x2 dona) 2000 m3 tashkil etadi. Buning oqibatida 2022 yilning 13 sentyabr kunidan 2023 yil 10 fevral kuniga qadar bo‘lgan davrda 2 milliard 580 million 83 ming so‘mlik tabiiy gaz yashirin ravishda talon-taroj qilingan.  

To‘plangan hujjatlarga ko‘ra, “Solixov Olimjon Fazliddinovich” xususiy korxonasi mansabdor shaxslarining harakatlarida juda ko‘p miqdorda o‘g‘irlik sodir etishda ifodalangan jinoyat alomatlari mavjudligi aniqlangan. Olib borilgan o‘rganishlar natijasida mazkur holat yuzasidan G‘ijduvon tumanidagi “Solixov Olimjon Fazliddinovich” xususiy korxonasi mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  

Zarif Komilov,

O‘zA