Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korxona mahsulotlari kelgusida xorijga eksport qilinadi
11:54 / 2025-12-22

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanidagi “Omad-baxt-Sho‘rchi” mas’uliyati cheklangan jamiyati un ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Tumanning Joyilma mahallasida faoliyat olib boruvchi korxonada yiliga 18 ming tonna un, un mahsulotlari hamda chorva uchun yem ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Loyiha 3 million AQSH dollari miqdoridagi xorijiy investitsiya hisobidan ishga tushirilgan. Hozirda bu yerda 30 kishining  bandligi ta’minlangan.  

[gallery-26843]

Kelgusida korxona mahsulotlarini nafaqat ichki bozor, balki xorijga ham eksport qilish rejalashtirilgan.

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA