Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korxona kredit qarzdorligi uchun ko‘chmas mulkidan ayrildi
19:08 / 2022-01-17

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Surxonrdaryo viloyati Termiz tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan Termiz shahridagi “Termiz Akbar baraka” hususiy korxonasi va “Termiz agro-xizmatchi” mas’uliyati cheklangan jamiyati hisobidan jami 1 milliard 56 million 961 ming so‘m kredit qarzdorligini undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan Majburiy ijro byurosining Termiz shahar bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida” gi Qonunining tegishli moddalariga asosan majburiy ijro harakatlariga kirishib, qarzdorlarga ixtiyoriy muddat belgilab berdi. Qarzdorlar ijro hujjati talablarini ushbu muddatda bajarmagani uchun ularga tegishli omborxona va xo‘jalik binosi hamda savdo do‘konlari davlat ijrochisi tomonidan xatlovga olindi.

– Shundan so‘ng mazkur mulklar mutaxassis yordamida baholanib, onlayn auksion savdolariga chiqarildi,¬ – deydi Majburiy ijro byurosi Termiz shahar bo‘limi davlat ijrochisi Dadaxon Nazarov.¬ – “E-IJRO AUKSION” yagona elektron onlayn-auksion savdosida omborxona va xo‘jalik binosi 612 million so‘mga sotildi. Qarzdorga tegishli 750 million so‘mga baholangan savdo do‘koniga auksion savdolarida xaridor topilmagani uchun kredit qarzdorligini qoplash maqsadida undiruvchi bankga taklif etilib, belgilangan tartibda bank balansiga o‘tkazib berildi.

Byuroning Termiz shahar bo‘limi qarzdorlarga nisbatan qo‘llanilgan barcha cheklov choralarini bekor qilib, ortiqcha pul mablag‘larini tadbirkorlarga qaytargach, ijro hujjati tugatildi.

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA