Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i B.Muratov rahbarligidagi ishchi guruh vakillari amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasida joylashgan “Tekhnochem” MCHJda bo‘ldi.
Kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mazkur korxona 2025 yil yakuniga qadar to‘liq ishga tushirish rejalashtirilgan. Hozirda qurilish-montaj ishlari jadallik bilan davom etayotgan korxonada 2024 yil 57 million dollarlik tovarlar importi amalga oshirilgan. To‘liq ishga tushganidan so‘ng, korxona 200 nafargacha fuqaro doimiy ish bilan ta’minlanadi.

MCHJ vakillari va bojxona mas’ullari o‘rtasidagi muloqot jarayonida “Bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimidan foydalanish, ishlab chiqarilayotgan tovarlarning tannarxini pasaytirish va tashqi bozorlarga sifatli, raqobatbardosh mahsulotlarni yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, korxona vakiliga tovarlarni “Erkin” ombor bojxona rejimida rasmiylashtirish tartibi haqida ham to‘liq ma’lumot berildi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri