Korxona faoliyati kengaytiriladi
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanidagi “Omad-baxt-Sho‘rchi” mas’uliyati cheklangan jamiyati un ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.


Tumanning Joyilma mahallasida faoliyat olib boruvchi korxonada 30 ta ish o‘rni yaratilgan. Yaqin bir yil ichida korxona o‘z faoliyatini kengaytirish orqali ishchilar sonini yanada kengaytirish niyatida. Qiymati 3 million AQSH dollari bo‘lgan ushbu loyihaga to‘liq xorijiy investitsiya mablag‘i jalb qilingan.

Korxonada yiliga 18 ming tonna un, un mahsulotlari hamda chorva uchun yem ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Mahsulotlar nafaqat ichki bozor, balki, xorijga ham eksport qilinishi rejalashtirilgan.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA