Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korxona faoliyati kengaymoqda
12:48 / 2018-08-31

Andijon viloyati Xonobod tumanidagi “Ilgʻor ekspres servis” MCHJ tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan

Andijon viloyati Xonobod tumanidagi “Ilgʻor ekspres servis” MCHJ tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

– 2015-yilda foydalanilmay turgan bino 1 milliard soʻm investitsiya kiritish va 35 ish oʻrni yaratish sharti bilan “nol” xarid qiymatida tasarrufimizga berildi, - deydi korxona rahbari Erkinjon Teshaboyev. – Xitoydan zamonaviy tikuv dastgohlari keltirdik. Xomashyo masalasida hamkorlar qoʻllab-quvvatladi. Mahsulotimiz ichki bozorda yuqori baholanmoqda. Yaqinda rossiyalik buyurtmachilar bilan 200 ming AQSH dollari miqdoridagi shartnoma imzoladik. Maqsadimiz eksport salohiyatini yanada oshirish.

Loyihaning navbatdagi bosqichi toʻquv sexi tashkil etish boʻlib, hozirda korxona binosining ikkinchi qavati ushbu maqsadda taʼmirlanmoqda. Tez fursatda yangi sex ishga tushirilib, qoʻshimcha 20 ish oʻrni yaratiladi.