Korxona faoliyati kengayadi
FOTOREPORTAJ
Yangi Namangan tumanining Oromgoh mahallasida joylashgan “Uzenergotransformator” mas’uliyati cheklangan jamiyati 2004 yilda tashkil etilgan.
[gallery-25595]
Transformator ishlab chiqarish yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan korxonada hozirgi kunda 15 nafar ishchi mehnat qiladi. Yillik 100-120 dona mahsulot tayyorlanib, ichki bozorga yetkazib berilmoqda.
Tuman hokimi Jobir Abdullayev mazkur manzilda bo‘lib, korxona rahbari bilan kelgusi rejalar va ishlab chiqarish salohiyatini oshirish masalasida muloqot qildi.
Tadbirkor faoliyatni kengaytirish rejalarini bayon qilib, joy ajratish masalasida tuman rahbaridan yordam so‘radi. Mazkur muammoni hal etish choralari belgilandi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA