Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korxona 2,2 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan – “O‘zenergoinspeksiya”
13:43 / 2025-09-29

Ayni kunlarda “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan muntazam nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida tashkil etilgan bu kabi tadbirda noqonuniy holat aniqlandi. 

Unga ko‘ra, "A.S.S." MCHJga qarashli tosh maydalash korxonasi elektr hisoblagichning ulanish sxemasini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirgan holda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan. 

Hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga 2 milliard 266 million so‘mlik zarar yetkazilgan. 

Inspeksiya axborot xizmati ma’lum qilganidek, mazkur noqonuniy harakat bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

N.Ziyodullayeva tayyorladi,

O‘zA