Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘rsatilgan ko‘mak ijobiy natija berdi
10:56 / 2025-06-17

Buxoro tumani Qavola Mahmud mahallasida 6521 nafar aholi istiqomat qiladi va ularning 87 nafarini nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkil etadi. Ushbu toifadagi fuqarolarni aniqlash, ularga manzilli yordam ko‘rsatish bo‘yicha mahalladagi ijtimoiy xodimlar tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Qavola qishlog‘ida yashovchi 1951 yili tug‘ilgan Yodgor Rajabovningbir oyog‘i tizzadan past qismi amputatsiya qilingan va yotoq holatida bo‘lganisababli ijtimoiy xodim Zarnigor Toyirova tomonidan ro‘yxatga olinib, zarur xizmatlar bilan ta’minlandi.

Fuqaroni tushkunlik kayfiyatidan chiqarish va uni jamiyatga qayta moslashtirish maqsadida bir qator kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, fuqaroga psixologik xizmatlar ko‘rsatildi. Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi xulosasiga asosan oyoq protezi olib berildi. U sog‘lomlashtirish muolajalari uchun navbatga qo‘yildi. Ko‘rilgan choralar natijasida fuqaroning kayfiyati va jismoniy holati ancha yaxshilandi. Hozirda u erkin harakatlanish imkoniyatiga ega bo‘lib, yengil avtotransport vositasidan mustaqil foydalanmoqda,. 

Shuningdek, Yodgor Rajabov hozirda mahalladagi nuroniylar bilan turli tadbirlarda faol ishtirok etib, jamiyat hayotiga qayta qo‘shildi. Tushkunlik kayfiyatidan chiqib, hayotga ijobiy qarash bilan yashashga intilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.