Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiyasiz kelajak sari! (+video)
19:09 / 2023-12-05

Surxondaryo viloyat soliq boshqarmasida «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkazildi.

9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan huquq-tartibot organlari vakillari, OAV xodimlari, blogerlar, shuningdek, tadbirkorlar va talabalar ishtirok etgan tadbirda so‘zga chiqqanlar davlat va jamiyat taraqqiyoti kushandasi hisoblangan korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, bu yo‘lda olib borilayotgan qat’iy chora-tadbirlar haqida to‘xtalib o‘tdi. 

Tadbirda ko‘rgazmali vositalar orqali soliq tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida qilinayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Ushbu illatning salbiy oqibatlari to‘g‘risida videorolik namoyish etilib, ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglandi. “Ochiq eshiklar kuni” doirasida tashrif buyurganlar soliq tizimi xodimlariga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/oeDdWgc1Ct4" title="Korrupsiyasiz kelajak sari!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

O‘zA fotomuxbiri Jonibek QO‘ZIMURODOV olgan suratlar.