Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiyasiz iqtisodiyot va ishlab chiqarish sari
15:43 / 2023-12-04

“Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi.

Aksilkorrupsiya oyligi doirasida 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi va 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tashkil etilgan ushbu tadbirda mutaxassislar va soha vakillari ishtirok etdi.  

Qayd etilganidek, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Prezidentimizning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qator farmon va qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil boshida “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan. Bugungi kunda ushbu hujjatlar ijrosini ta’minlash jamiyatning filiallari va tizim korxonalarida Komplayens xizmatlari tashkil etilib, tegishli mutaxassislar bilan shakllantirildi. Shuningdek, “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimlari – foydalanish bo‘yicha talablar va tavsiyalar” xalqaro standarti talablari ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan 10 dan ziyod ichki me’yoriy hujjat qabul qilingan.  

– Aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2021 yilning noyabr oyida “Cert international” xalqaro sertifikatlash tashkilotining ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimlari – foydalanish bo‘yicha talablar va tavsiyalar” xalqaro standarti talablari ijrosi yuzasidan xalqaro sertifikat olishga erishilgan. Joriy yilning 22 may kuni ushbu yo‘nalishda xalqaro standartlarga muvofiqlik yuzasidan “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ qayta nazorat auditdan o‘tkazildi, audit natijalari yuzasidan xalqaro sertifikatning amal qilish muddati uzaytirilishiga erishildi. Hisobot davrida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 10 ta murojaat kelib tushgan. Ular tegishli hujjatlar talablari asosida ko‘rib chiqilib, o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirildi. Jamiyat va tizim korxonalarida korrupsion holatlarni o‘z vaqtida aniqlash hamda oldini olish maqsadida aloqa vositalari, xususan, ishonch telefoni, telegram-bot doimiy ishlab turibdi, – dedi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Muvofiqlik tizimi bo‘limi boshlig‘i Bahodir Nishonxo‘jayev.  

Tadbirda mutaxassislar mavzu doirasida qizg‘in fikr-mulohaza bildirib, ishtirokchilarning savollariga javob berdi.  

N. Ziyodullayeva, O‘zA