English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiyasiz faoliyat – taraqqiyot omili
18:03 / 2025-12-05

Bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Keyingi yillarda bu borada qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, korrupsiyaning oldini olishga oid ma’muriy islohotlar, samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

“O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati o‘zining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini axloqiy, vijdonan va ijtimoiy yo‘naltirilgan hamda doimiy ravishda yuqori standartlarga rioya etgan holda olib borishga intilib, bunda asosiy e’tiborni korrupsiyaga qarshi yo‘naltirilgan siyosat va jarayonlarni ishlab chiqish, tatbiq etish va amalga oshirishda doimiy nazoratni o‘rnatishga qaratib kelmoqda.

“O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati va uning tizim-filial tashkilotlari xodimlarining o‘z ish faoliyatida korrupsion huquqbuzarlik holatlariga murosasiz bo‘lishni va ularning sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik talab etiladi.  

Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi “Qodiriya GESlar kaskadi” filialida “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining “Komplayens-nazorat” va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tashabbusi bilan 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.  

Tadbirga “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati ijro apparati, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, “Qodiriya GESlar kaskadi” filiali jamoasi, talaba-yoshlar va ommaviy axborot vositalari vakillari taklif qilindi.  

Tadbir doirasida ishtirokchilar uchun Kaskad tarkibidagi “Qodiriya GES” (GES-3) hamda tarixiy muzey-GES bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.

Tadbirning asosiy qismida ma’ruzachilar tomonidan “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining  korrupsiyaga qarshi kurashish hamda tashkilot faoliyatining ochiqligini ta’minlash bo‘yicha  amalga oshirilgan ishlar taqdimoti o‘tkazildi.  

Shuningdek, “O‘zbekgidroenergo” AJda GESlarni ekspluatatsiya qilish, kadrlar siyosati, xaridlarni muvofiqlashtirish, raqamlashtirish, AKTni joriy etish borasidagi ishlar tahliliga to‘xtalib o‘tildi.

Tadbir yakunida mutaxassislar tomonidan ishtirokchilar va jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytarildi.  

N.Usmonova, O‘zA

 

--0--