Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi
12:44 / 2022-10-06

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining xududiy bo‘linmalari boshliqlari va barcha xodimlari uchun Komplayens, moliyaviy nazorat va ichki audit xizmatining boshqaruv tartibiga qarshi korrupsiyaviy hatti-harakatlar, ularga oid qonunbuzarliklarning umumiy tavsifi hamda agentlik tizimida ularning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Agentlik matbuot xizmatining ta’kidlashicha, tadbirda bugungi kunda mamlakatimizda boshqaruv sohasini demokratlashtirishga qaratilgan islohotlarga salbiy ta’sir etuvchi omillar, sabablar borasida so‘z yuritildi.

Jumladan, boshqaruv tartibiga qarshi korrupsiyaga oid alohida turdagi jinoyatlar uchun jinoyat sub’ekti sifatida maxsus sub’ektlar, ya’ni, mansabdor shaxslar sodir etgan jinoyatlari uchun Jinoyat kodeksining 205, 206, 208‒210-moddalariga, xizmatchilar, ya’ni, davlat organida, tijorat, notijorat tashkilotida mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi, mansabdor shaxs alomatlariga ega bo‘lmagan shaxslar uchun esa Jinoyat kodeksining 213‒214 kabi moddalariga ko‘ra jazo muqarrarligi ta’minlanishi tushuntirildi.  

Bundan tashqari, Boshqaruv tartibiga qarshi korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etish oqibatida shaxs tomonidan davlat yoki boshqa shaxslar manfaati uchun ma’lum miqdorlarda iqtisodiy yoki boshqa zararlar yetkazishiga qarab sodir yetilgan jinoyatga alohida jazo choralari qo‘llanilishi ko‘zda tutilganligi ta’kidlandi.   

Shuningdek, agentlikda ishlovchi har bir xodim tomonidan boshqaruv tartibiga qarshi korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishdan tiyilish, unga yo‘l qo‘ymaslik va ularning oldini olishda barchaning qat’iy mas’ul ekani qayd etildi.  
 
 

M.Qosimova,  
O‘zA