Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiyaning oldini olish – ustuvor vazifa
10:36 / 2025-11-27

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki tizimida korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik va qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bank boshqaruvi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirishga oid yo‘l xaritalari, nazorat rejalari va o‘quv dasturlari ishlab chiqilib, tasdiqlandi hamda ijrosi qat’iy nazoratga olingan.

O‘tgan davr mobaynida xodimlar malakasini oshirish maqsadida Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va Markaziy bank mutaxassislari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish”, “Manfaatlar to‘qnashuvi” va “Bank siri” qonunlarining mazmun-mohiyati bo‘yicha o‘quv-seminarlar o‘tkazildi. 100 nafardan ortiq xodim ISO 37001:2025 xalqaro standarti bo‘yicha malakasini oshirib, sertifikat oldi. Yangidan ishga qabul qilingan 75 nafar xodim uchun ham korrupsiyaga qarshi bilim va ko‘nikmalar bo‘yicha o‘quvlar tashkil etildi.

Bankda ehtimoliy korrupsion xatarlar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Davlat xaridlari jarayonlari o‘rganilib, xaridlar va kreditlash jarayonlarida manfaatlar to‘qnashuvini aniqlashni avtomatlashtiruvchi “ANTISOR-STOP” modulini yaratish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ishga qabul qilish jarayonida 124 nafar nomzod o‘rganilib, salbiy ma’lumotlari sababli 10 nafariga rad javobi berildi. Manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlarda 12 ta holat aniqlanib, bartaraf etildi. Bank xodimlari va mijozlardan kelib tushgan 90 dan ortiq murojaat ko‘rib chiqilib, qonunchilik doirasida choralar ko‘rildi.

Boshqaruv raisining joriy yil 10 sentyabrdagi farmoyishiga muvofiq, har oyning ikkinchi chorshanbasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” deb belgilandi va xodimlar o‘rtasida qonunchilik hujjatlarini o‘rganish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Markaziy bank va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”dagi vazifalar o‘z vaqtida bajarilmoqda.

Yil yakuniga qadar Qoraqalpog‘iston va Xorazm hududiy bo‘linmalarini ISO 37001 standarti bo‘yicha sertifikatlashtirishga tayyorgarlik ko‘rish, 65 nafar xodimni “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi”da o‘qitish va bankning ichki me’yoriy hujjatlarini to‘liq qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilgan. Shuningdek, seminarlar, davra suhbatlari va anonim so‘rovnomalar orqali xodimlar va mijozlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish ishlari davom ettiriladi.

Bahodir KIRGIZOV,

bankning Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti direktori.