Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiyani birgalikda yengamiz
16:44 / 2025-04-10

“Adolat” SDP Guliston shahar kengashi Guliston shahar adliya bo‘limi bidan hamkorlikda Sirdaryo yuridik texnikumida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” oyligi doirasida targ‘ibot tadbirini o‘tkazdi. Tadbirda korrupsiyaning taraqqiyotga to‘siq bo‘layotgani va uning oldini olishning ahamiyati haqida so‘z bordi.

Guliston shahar adliya bo‘limi mas’ul xodimi Qobiljon Ahmadjonov tadbirda ishtirok etganlarga mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. U, ayniqsa, yangi qonunlar, maxsus qo‘mitalar va agentliklar tashkil etilgani, xizmat ko‘rsatish tizimlarining shaffofligi, shuningdek, korrupsiya omillarining kamayishi uchun amalga oshirilayotgan choralar haqida so‘zladi.

Shuningdek, tadbirda banklar, maktabgacha va maktab ta’limi, oliy ta’lim tizimi va boshqa sohalarda aholiga inson aralashuvisiz, onlayn va to‘liq shaffof xizmat ko‘rsatishga o‘tilgani ta’kidlandi. Misol sifatida yo‘l harakati xavfsizligi inspektorlarining "bodi-kamera" orqali xizmat o‘tayotgani, avtoraqamlar auksionda sotilayotgani va qog‘ozdagi bayonnoma yo‘qligi korrupsiya omillarining keskin kamayishini ta’minlayotgani qayd etildi.

Tadbirda yoshlarga korrupsiyaga qarshi kurashish, uning sabablari va oqibatlarini bartaraf etishga doir huquqiy ma’lumotlar berildi. “Adolat” SDP Guliston shahar kengashi raisi Shohsanam Umurzoqova yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning vatanga bo‘lgan mas’uliyatni anglatishga asoslangan tadbirning ahamiyati to‘g‘risida o‘z fikrini bildirdi.

Tadbirda, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish faqat davlat organlarining emas, balki har bir fuqaroning burchi ekanligi tushuntirib o‘tildi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri