Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiyaga qarshimiz
15:24 / 2022-02-02

Korrupsiya – jamiyat rivojlanish ildizlariga bolta uradigan, fan, ta’lim, tibbiyot va mudofaa kabi zaruriy faoliyat normalari va qoidalarini izdan chiqaradigan illatdir. Korrupsiyaga qarshi kurash qat’iy va shafqatsiz bo‘lmagan davlat va jamiyat rivojlanish ostonasiga hech qachon qadam bosmaydi.

Davlat xavfsizlik xizmati Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Guliston harbiy prokuraturasi mas’ul xodimlari ishtirokida Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashishga oid seminar bo‘lib o‘tdi. Unda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini yetkazish va harbiy xizmatchilarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, eng asosiysi, korrupsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatni shakllantirish haqida so‘z bordi.

Tadbirda huquq-tartibot idoralari vakillari tomonidan ishtirokchilarga yurtimizda ushbu illatga qarshi kurashish maqsadida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar talablari yetkazilib, bu kabi jinoyatlarga qo‘l urgan shaxslarga keskin jazo muqarrar ekanligi eslatib o‘tildi.

Shuningdek, mas’ullar tomonidan korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurashishda yangicha tizimlar, jumladan, ichki nazoratni tashkil etish va uni amalga oshirish bo‘yicha har bir tashkilotda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar ta’kidlab o‘tildi. Korrupsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida, o‘z vaqtida xabar bergan shaxslar moddiy va ma’naviy rag‘batlantirilishi, ularning xavfsizligi ta’minlanishi aytib o‘tildi.

Harbiy xizmatchilar tomonidan berilgan savollarga mas’ullar javob berdi.

 

Sh.Suyarov, F.Toshmatov (surat), O‘zA